Yondosh tog‘ jinslari

Yondosh tog‘ jinslari – foydali qazilmanining ostki va ustki tomonlaridan uning yuzasini bevosita  o‘rab turgan tog‘ jinslari. Yotiq va qiya joylashgan foydali qazilmalarning ostki qismidagi yondosh tog‘ jinslari – qazilma zamini (pochva), ustki qismidagisi – qazilma shipi (krovlya), tik joylashgan foydali qazilmalarning ustki qismi – osilgan yon (visyachiy bok), ostki qismi – yotuvchi yon (lejachiy bok) deb yuritiladi.