Aktinometr

Aktinometr [yunon. aktis (aktinos)- nur va …metr]- o`ziga perpendikulyar sirtga tushadigan to`g`ri quyosh nurlanishi (radiatsiyasi)ning intensivligini o`lchaydigan meteorologik asbob. Ish prinsipini xossalari qora jismga yaqin bo`lgan jismning nurlanishni yutishiga va quyosh radiatsiyasi energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirishiga asoslangan. Termoelektr, termobimetall va b. xillari bor. Strelkali galvonometr bilan birga ishlatiladi.

M. Quyosh radiatsiyasining intensivligini o’lchash uchun ishlatiladigan qurilma aktinometr konning atrof-muhit sharoitlarini baholashda hal qiluvchi rol o’ynaydi.