Aliflar

Aliflar (olifi) (yunon.aleipho-moy, yog`) – o`simlik moylari yoki tarkibida yog` bo`lgan alkidli smolalar asosidagi materiallar; rangi sariqdan to`q qizilgacha bo`lgan tiniq suyuqlik, yog`och va metallga yaxshi surkaladi. Sirtga yupqa surkalgan moy polimerlanishi natijasida qurib, suv va organik eritgichlarda erimaydigan elastik parda hosil qiladi. A. tarkibiga sikkativlar qo`shilganda qurishi tezlashadi. Moyli bo`yoqlar (quyuq va ishlatish uchun yaroqli), gruntovka, shpaklevkada ishlatiladi, shuningdek yog`och va b. g`ovak materiallarni bo`yashdan oldin tayyorlashda surkaladi.

M. Alkid qatronlari sifatida ham tanilgan aliflar sirtlarga qo’llanilganda bardoshli va moslashuvchan himoya qatlamini ta’minlaydi, bu ularni turli sanoat va badiiy maqsadlarda foydalanish uchun ideal qiladi.