Alklyod [ingl. Alclad, al(uminium)-alyuminiy va clad- qoplangan]-ikki tomonidan qalinligiga nisbatan 2-5% (ba`zan, 10% gacha) toza alyuminiy qatlami qoplangan (plakirovkalangan), mustahkam alyuminiy qotishmalarida tayyorlangan yarim fabrikat (list, truba). Alyuminiy-magniy-rux- mis sistemasidagi qotishmalar asosiy qotishmalarga nisbatan ko`proq manfiy elektr potensialiga ega bo`lgan alyuminiy-ruxli (1%) qotishmasi bilan plakirovkalanadi. Plakirovalash natijasida qotishmalar korroziyadan elektr-kimyoviy himoyalanadi.
M. Alkloyd alyuminiy qotishmalarini korroziyadan himoya qiluvchi sof alyuminiyni qatlamli qo’llash orqali elektrokimyoviy himoya qiladi.