Alni [al(yuminiy) va ni(kel)]-temir-nikel-alyuminiy sistemasi asosidagi magnit jihatdan qattiq qotishmalar gruppasining umumiy nomi. Bunday tipdagi dastlabki qotishmalar 20-a. 30-yillarida Yaponiyada yaratilgan. 20-34% nikel va 11-18% alyuminiy (qolgani temir) bo`lgan qotishmalar keng ishlatiladi.Legirlovchi elementlar sifatida kobalt, mis, kremniy, titandan foydalaniladi. A.yuqori magnit xossasi (qoldiq magnit induksiyasi koertsitiv kuch- magnit maydonning kuchlanganligi, magnit energiyasi) bilan xarakterlanadi. Radiotexnika, elektr o`lchash va b. qurilmalari uchun o`zgarmas magnit tayyorlashda foydalaniladi.
M. Alyuminiy (Al) tog’-kon sanoatida yer osti konlarida bardoshli va yengil tayanch inshootlarni qurish uchun keng qo’llaniladi.