Ebonit

Ebonit-(yunon. Ebenos-qora daraxt), qattiq rezina- ko`p miqdorda oltingugurti (kauchukning 30-50% ini tashkil qiladi) bo`lgan tabiiy va sintetik kauchuklarni vulkanizatsiyalashdan hosil bo`lgan mahsulot. Qattiqligi, cho`zilishiga chidamliligi yuqoriligi (50-70MPa), elektr izolyatsiya xossalariga egaligi (solishtirma elektr qarshiligi 30-80 Tom.m), k-ta ishqorlar ta`siriga chidamliligi, gigroskopikmasligi, gaz o`tkazmasligi bilan xarakterlanadi. Mexanik ishlovga moyil. Asosan, elektrotexnika buyumlari, mas., akkumlyator bankalari tayyorlashda qo`llaniladi.

Mas.Ebonit o’tmishda tugmalar, zargarlik buyumlari va hatto kichik bezak buyumlarini tayyorlash uchun ishlatilgan.