Ekstruder

Ekstruder(lot.extrudo –itarib chiqaraman)-polimer materiallarni yumshatish (eritish, plastikatsiyalash) va ularga kerakli shakllarni berishga mo`ljallangan mashina; bunda materiallar mashinaning shakl beruvchi kanalli kallagi orqali bosib eziladi(rezina sanoatida E.ni ko`pincha shprits-mashina deyiladi). Ish organi aylanuvchi chervyak (shnek) dan iborat chervyakli E. keng tarqalgan. E. yordamida quyidagi operatsiyalar bajarilishi mumkin: granulalash (maydalash); plyonkalar olish va ularni ishlash; listli va rulonli materiallar (mas., pollarni qoplashda ishlatiladigan materiallar) tayyorlash; truba, shlanga, chiviklar va b. profilli buyumlar i.ch.; metal o`tkazgich va kabellarni izolyatsiyalash; qog`oz, karton, mato, folgalarning sirtlarini yupqa qatlamda qoplash; polimerlarni intrediyent (tarkibiy qism) lar bilan aralashtirish. Polimer materiallarni E.da qayta ishlash jarayoni ekstruziya deyiladi.

Mas. Burg’uli ekstruder qolipga qo’yiladigan aralashma ichidagi kiruvchi makroskopik havo bo’shliqlarini olib tashlash qobiliyatiga ega