Elektroliz (elektro va yunon. lysis-erish, parchalanish, ajralish)-elektrolitda o`zgarmas elektr toki o`tayotganida unda sodir bo`ladigan kimyoviy protseslar. Bunda elektrolitning ionlari elektrodlarga tomon, ya`ni musbat zaryadlangan ionlar (kationlar) – katodga, manfiy zaryadlariga ionlar (anionlar)- anodga tomon harakatlanadi. Elektrolit tarkibining sifat o`zgarishi katodda qaytarilishi mahsulotlarning va anodda oksidlanish mahsulotlarning hosil bo`lish elektrod protseslari harakteriga bog`liq bo`ladi. Miqdor o`zgarishi Faradey qonunlari bilan ifodalanadi. Ko`pgina metallar, ishqorlar, xlor, vodorod, kislorod, ba`zi organik moddalar va b. kimyoviy mahsulotlar E. asosida olinadi. E. noelektroximiyaviy usullar bilan olingan metallarni tozalashda; himoya va dekorativ metal qoplamalar qoplash (galvanostegiya) da; biron buyumning shaklini, qaytadan tiklash (galvanoplastika)da qo`llanadi.
Mas.Katodda oltinning cho’kishining oldini olish uchun elektroliz membrana bilan jihozlangan hujayrada amalga oshiriladi.