Kalibrlangan po‘lat – qizdirib prokatlangan va qo`shimcha ravishda sovuqlayin cho`zib (kiryalab) va biro z qisib ishlov berilgan sortli po`lat. Plastikligi kam materiallar qizdirib kiryalanadi. Kalibrlangan similar profil o`lchami ancha aniq, yuzasi silliq, mexanik xossalari ancha yuqori bo`ladi; odatda, kesimi doiraviy, ba`zan kvadrat, olti qirrali va b. shaklda. Uzunligi 6-15 m.