Kalibrlash

Kalibrlash – 1) metrologiyada – o`lchovlar to`plami (mas., tarozi toshlari to`plami) uchun tuzatishlar kiritish yoki xatoliklarni aniqlash. 2) Prokat ishlab chiqarishida K.- metall chiviqlar, similar va b. prokatlangan profillarni sovuqlayin kiryalash stani teshigi orqali o`tkazib, ularga aniq o`lchamlar berish. 3) Teshiklarni K.- teshiklarning shakllari va o`lchamlari aniqligini oshirish, shuningdek sirtlaridagi g`adir budurliklarni kamaytirish va kesib ishlov berilgandan keyin sirtqi qatlamini mustahkamlashuchun teshiklarga ishlov berish; po`lat sharchani botirib yoki jilolangan yo`g`onroq opravkani (shu bilan birga dornni) kirgizib amalga oshiriladi.

M. Tog’-kon kompaniyasining konida yangi burg’ulash uskunasini ishlatishdan oldin muhandislar quduq chuqurligi vayerosti suvlari bosimini aniq o’lchashni ta’minlash uchun chuqurlik o’lchagichlari va bosim datchiklarini sinchkovlik bilan kalibrlashadi. Ushbu kalibrlash jarayoni uskunaning ishlashini optimallashtiradi va qazib olish jarayonining samaradorligini oshiradi.