Kaliy

Kaliy – (arab. Al-kali – ishqor K2CO3 – qadimdan ma`lum bo`lgan K. birikmasidan)  – ximiyaviy element, belgisi K. (lot. Kalium), at.n. 19, at.m. 39,098 K. – kumushsimon oq, yengil, yumshoq va oson eriydigan metall; ishqoriy metallar gruppasiga kiradi. Zichligi 862 kg/m3, tsuyuq=63,55oC. Havoda tez oksidlanadi. Tabiatda birikma holida keng tarqalgan, ulardan eng muhimi silvin, silvinit, karnallit minerallar va b. kaliyli tuzlar. K. o`simliklarning oziqlanishi uchun zarur; tuzlarining taxm. 90 % kaliyli o`g`itlar sifatida ishlatiladi. K.metalining o`zi sanoatda kam miqdorda olinadi; uning ishlatilishi cheklangan (suv osti kemalarida kislorodni regeneratsiyalash uchun ishlatiladigan KO2; yadro reaktorlarida issiqlik eltgich vazifasini o`taydigan K. – Na qotishmalari ishlab chiqariladi.)