Kaltsiy [lot. Calx (calcis) – ohak; ilk bor so`ndirilgan ohakdan olingan] – ishqoriy –yer metallar gruppasiga mansub ximiyaviy element, belgisi Ca (lot. Calcium), at.n. 20, at.m. 40,08. K.- kumushsimon oq, yengil metall; zichligi 1540 kg/m3, tsuyuq=851oC. Yer qobig`ida tarqalishi bo`yicha elementlar o`rtasida 5-o`rinni (kislorod, kremniy, alyuminiy va temirdan keyin) egallaydi. Asosiy minerallari: kalsit(bo`r, marmar, ohaktosh), angidrit, gips, flyuorit (plavik shpat). K. sof metall ko`rinishida ko`pgina nodir va qiyin eriydigan metallar, ular birikmalarining qaytargichi sifatida foydalaniladi. K. po`lat, bronza va b. qotishmalarning oksidsizlantirgichi sifatida ham ishlatiladi, antifriksion materiallar tarkibiga kiradi. K. birikmalari (ohak, sement va b.) qurilishda keng ishlatiladi.