Kantal – temirning xrom (30 % gacha), alyuminiy (5 % gacha) va kobalt (3 % gacha) bilan olovbardosh qotishmasi; solishtirma elektr qarshiligi yuqori. Xromal tipidagi qotishmaga o`xshash. Shvetsiyada bir necha xili ishlab chiqariladi.