Karbotermiya

Karbotermiya (lot. Carbo – ko`mir.. va yunon. theme issiqlik). Ugletermiya – metall oksidlarini uglerod bilan qaytarish usullari. K. domna protsessi asosida amalga oshadi. Rangli metallurgiyada qo`rg`oshin, qalay, ruxning anchagina qismi va b. ba`zi metallar karbotermiya yordamida olinadi.