Katod (yunon. kathodos-pastga yurish; qaytish, kata- pastga va hodos – yo`l, harakat)- 1) ximiyaviy tok manbaining manfiy elektrodi. 2) Elektr toki manbaining manfiy qutbi tutashadigan asbob (apparat) elektrodi. 3) Elektron vakuum asboblarida elektronlar manbai. Elektron emissiya turiga qarab, K. termoelektron , fotoelektron, sovuq va b. xillarga bo`linadi