Kiryalash

Kiryalashmetallarga bosim bilan ishlov berish; bunda dumaloq yoki shakldor profilli buyumlar (asosan, chiviq, katanka, truba) teshik (filyer) dan (odatda, sovuqlayin) tortib o`tkaziladi; filyer chiqish kesimining yuzasi tortiladigan buyumlarning  dastlabki kesimi yuzasidan kichik bo`ladi. K.natijasida buyumning ko`ndalang kesimi o`lchamlari kichrayadi, uzunligi esa ortadi. Ayni vaqtda bir necha zagotovkaga ishlov berish uchun bir necha filyerli kiryalash stanidan foydalaniladi.