Kiryalash stani – metallarga kiryalash usulida ishlov beradigan mashina. K. s. voloka (kiryalab ishlab beradigan asbob) va ishlov beriladigan metallni voloka orqali tortadigan qurilmadan iborat. Truba va chiviqlar uchun to`g`ri chiziqli harakatlanadigan K. s., sim uchun uni bunt (g`altak)ga o`raydigan baraban tipidagi K. s. qo`llaniladi.