Kislotabardoshlik – material (ko`pincha mineral)larning k-talar ta`siriga qarshilik ko`rsata olish xususiyati. Metall materiallarning K. xossasi sirt birligidan yemirilgan massa hajm bo`yicha aniqlanadi, ya`ni g/(m2·soat). Nometall materiallarniki, mas., shishib chiqishi bo`yicha yoki materialga k-ta bilan ishlov berilgandan so`ng massasining o`zgarishi bo`yicha (% da) aniqlanadi.