Klinker

Klinker (nem.Klinker) – 1) Metallurgiyada – rudalar, rux, qo`rg`oshin, qalay konsentratlarini trubali aylanuvchi pechlarda qayta ishlashda hosil bo`ladigan qoldiq; qiyin eriydigan qovushgan massa. K. metallurgiyada keying qayta ishlash uchun xom ashyo hisoblanadi. 2) Yo`lga yotqiziladigan K. – maxsus (klinker) loyni qovushguncha qattiq qizdirib (odatda, qora yoki ko`kish – qizil rangga kirguncha) olinadigan mustahkam g`isht; yo`llar, ko`chalar, sanoat binolarining pollariga yotqiziladi; ba`zan, poydevorlarni terishda, kanalizatsiya kollektorlariga ham ishlatiladi. 3) Sement K. I – sement tayyorlash uchun qovushguncha qattiq qizdirilgan xom ashyo aralashmasi (mas., ohaktosh va loy).