Koks (nem. Koks, ingl.coke) – turli yoqilg`ilar (toshko`mir, torf va b. organic moddalar)ni havosiz 950-1050oC gacha qizdirishdan hosil bo`ladigan qattiq uglerodli qoldiq. Qora metallurgiyada – domna pechlari va vagrankalarda yoqilg`i sifatida ishlatiladigan toshko`mir K.-i. keng tarqalgan. K.da uglerod miqdori 96-98 %, eng past yonish issiqligi 29mj/kg. Neftli va elektrodli pek K. I ko`mirli va grafitlangan elektrodlar tayyorlashda, kamdan – kam holda yoqilg`i sifatida ishlatiladi.