Koks gazi – tosh ko`mirni kokslashda ajralib chiqadigan yonuvchi gaz. Tarkibida o`rtacha 55-60% vodorod ,20-30% metan, 5-7% uglerod oksidi bo`ladi. Eng past yonish issiqligi 17,2-18,8 Mj/m. Sanoat pechlarida yoqilg`i sifatida, aholini gaz b-n ta`minlash, ximiya sanoatida dastlabki xom ashyo sifatida ishlatiladi.