Kon kombayni – ( gorniy kombayn) foydali qazilma yoki jinsiy asosiy massivdan ajratib olishdan tortib to transport vositalarini bir vaqtda bajaradigan kombinatsiyalashgan mashina. Foydali qazilmani qazib olish uchun mo`ljallangan K.K. qazib oluvchi (tozolovchi) kon ishlab chiqarish (shu jumladan tunel)ni ochish uchun ishlatiladiganiga proxodka K.k. deb ataladi. Rasmga k. Qazib oluvchi K.k.nishab (0-25), qiya (25-45) va ik (45-90) qazilma qatlama (plast)lari (juda yupqa,yupqa va o`rtacha qalinlikdagi) uchun ishlab chiqariladi. Qamrash chuqurligi bo`yicha ular top va keng qamrovli ish organlarining tipi boyicha barli , barabanli, shnekli, tojli, burgili va 6 xillarga bo`linishi mumkin. K.k. qaytargich shchitli lemexga ega, uning vositasida ko`mir konveyerga ortiladi. Kombayn gidravlik surish mexanizm yordamida siljiydi zaboy bo`ylab tortilgan zanjir tortish organi xizmatini o`taydi.
Poxodka K.k.tog` jinsiy yoki jins-ko`mir aralash zaboy bo`ylab kon ishlab chiqarishi ochishda va faqat 0,7-1,7 m qalinlikdagi qatlamli ko`mir qazib olinadigan kon ishlab chiqarishi ochishda (qirqma K.k.) ishlatiladi. Gusenitsa yoki domkratlar sistemasi yordamida siljiydi.