Kondensator (lot. Condense – zichlayman, quyuqlashtiraman), issiqlik texnikasida – moddalarni gaz (bug`) holatdan suyuq yoki kristall holatga o`tkazadigan issiqlik almashtirgich.Ximiya texnologiyasida, issiqlik va sovitish qurilmalarida ish moddalarini kondensatlash uchun, bug`latish ustanovkalarida distillat olish uchun, bug` aralashmalarini ajratish va b. da foydalaniladi. Bug` berilgan bosimda bug`ning to`yinish t-rasiga qaraganda ancha past t-rali devor (sirtqi K.) yoki suyuqlikka (kontakt K.) bevosita tegib kondensatsiyalanadi. Bug`ning kondensatlanishi bug` hosil qilish issiqligining ajralishi bilan birga sodir bo`ladi; bunda issiqlikni qandaydir sovituvchi muhit (mas., havo) olib ketishi kerak.