Kopyor – 1) shaxta stvoli ustiga qurilgan kon texnikasi inshooti; yo`naltiruvchi (koperli) shkivlarni o`rnatishga, skiplar va ag`darma klentlarga ag`dargichlarni, kletlarning o`rnatma qurilmalarini o`rnatishga, shuningdek yuk ko`tarish mashinalarini joylashtirishga mo`ljallangan. Yog`och, metall va betondan (minora K.) quriladi. Muvaqqat (proxodka) va doimiy (ekspluatatsion) xillari bor.
2) Ustun- qoziq qoqadigan bolg`ani yoki vibratsion cho`ktirgichni o`rnatadigan va yo`naltiradigan, ustun- qoziq va shpuntni qoqadigan, ko`tarib va yo`nalishni to`g`rilab turadigan qurilish mashinasi. Elektr, dizel va bug` bilan ishlaydigan, oddiy va universal, shatakka olib yuriladigan va o`ziyurar xillari bor