Korroziya

Korroziya (lot. Corrode – kemiraman) – metallarda K. – metallarning tashqi (korroziyalovchi) muhit bilan ximiyaviy yoki elektroximiyaviy ta`sirlashuvi natijasida yemirilishi. K. quyidagicha klassifikatsiyalanadi: korrozion yemirilishning geometric xarakteri bo`yicha (mas., yalpi, sirt ostidan, kristallitlararo, u yer- bu yridan); metallning muhit bilan ta`sirlashuv xarakteri bo`yicha – elektr toki o`tkazmaydigan muhitlar (gazlar, neft va b.) da boradigan ximiyaviy va elektrolitlarning suvdagi eritmalarida boradigan elektroximiyaviy; korroziyon muhit xili bo`yicha (mas., atmosferada, gazda); metall korrozion muhit ta`siri bilan bir vaqtda uchraydigan qo`shimcha ta`sir xarakteri bo`yicha (mas., kuchlanish ostidagi K., ishqalanishdagi K., kontakt K., fretning K.) k. natijasida buyumlar o`z xossalarini materialning to`la yemirilishiga qadar yo`qotadi. K.ning oldini olish uchun metallga korroziya bardosh komponentlar qo`shiladi(zanglamaydigan, korroziyabardosh maxsus po`latlar shunday olinadi), metall sirtiga boshqa metallar asosidagi himoya qoplamalari beriladi(xromlash, nikellash va b.) buyumlar bo`yaladi va b.