Kovsh

Kovsh – 1) yer qazish va yuk ko`tarish – tashish mashinasining K. – i –  material (mas., grunt, don)ning bir qismini asosiy massadan ajratib oladigan va uni to`kish joyiga olib boradigan ish organi. K. ish zanjirlariga (ko`p kovushli zanjirli ekskavatorlar, yer kavlagichlar, dragalar, chig`ir mashinalar, elevatorlar), rotorga (rotorli ekskavatorlar), dastalarga to`g`ri yoki teskari kurakli ekskavatorlar, bir kovishli yuklagichlar), kovshli ramaga yoki ko`taruvchi konstruksiyaga kontaktlar bilan (draglaynlar – rasmni greyfer maqolasidan q.) mahkamlanadi. K. qo`yib, payvandlab, shtamplab tayyorlanadi. Bir kovshli ekskavator K.-I sig`imi 0,15-200 m3, ko`p kovshliniki 0,007-7 m3, skreperlarniki- 0,75-60 m3, dragalarniki – 0,05 – 1 m3.