Natriy, Na (lotincha Natrium, arabcha natrun, yunoncha nitron, asli tabiiy soda) — Mendeleyev davriy sistemasining I guruhi kimyoviy elementi; atom raqami 11, atom massasi 22,98977; ishqoriy metallarni nazarda tutadi. Tabiatda bitta barqaror izotop 23Na uchraydi. Natriy birikmalari qadim zamonlardan beri ma’lum. Metall natriyni birinchi marta (1807) ingliz olimi G. Davi olgan.