Ohaktosh – keng tarqalgan cho`kma tog` jinsi; asosan, ohakli chig`anoq qoldiqlari ko`rinishidagi kalsit minerali CaCO3 va turliorganizm skeletlari yoki mayda kristall donachalardan iborat. Ko`pincha tarkibida ko`p miqdorda dolomit (dolomitli O.), qumoq yoki loysimon zarralar, shuningdek ko`mirli yoki bitumli moddalar bo`ladi; mos ravishda qumoq, loyli (mergel), ko`mirli va bitumli O. Xillarga bo`linadi. Siqilishga mustahkamligi 250-300 MPa gacha. Qurilish (qurilish toshi, chaqiq tosh, ohak), metallurgiya (flyus), q.x. (tuproqni ohaklashda O. uni), kimyo sanoati va b.da ishlatiladi.