Ruda — tarkibida metall yoki uning birikmalari koʻp miqdorda boʻlgan tabiiy mineral hosilalar. Baʼzan nometall mineral xom ashyolar (asbest, barit, grafit, oltingugurt) ham Ruda deb yuritiladi. Ruda tabiiy boy va kambagʻal turlarga ajratiladi, shunga qarab uni boyitish zarurligi belgilanadi.